Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
O'zbekiston
O‘zbekistonda “soya” iqtisodiyoti ulushini keskin kamaytirish rejalashtirilmoqda. Hozirgi kunda uning ulushi qariyb 35 foizni tashkil etadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, buning uchun faqat nazoratni kuchaytirish yetarli emas — halol biznes yuritish sharoitlarini yaratish zarur.
So‘nggi yillarda soliqlar soni 13 tadan 9 tagacha qisqartirildi, 100 dan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi. Natijada 2019 yildagi 45–50 foizlik ko‘rsatkich 35 foizgacha tushdi.
Kelgusida asosiy e’tibor raqamlashtirish, biznes jarayonlarini soddalashtirish va korrupsiyaga imkon beruvchi omillarni bartaraf etishga qaratiladi. Toshkent jamoat transportida to‘lov tizimini avtomatlashtirish yo‘lovchilar sonining avvalgi hisobdan 30 foiz ko‘p ekanini ko‘rsatdi. Raqamlashtirish dehqon va bozor savdosi tushumlarini uch barobarga oshirdi.
Endilikda bunday tizimlar qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida joriy etiladi. Litsenziya va ruxsatnomalarni berish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi, inson omili maksimal darajada kamaytiriladi va jarayonlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.
Elektron to‘lovlar va naqdsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirish, to‘lov tashkilotlari sonini oshirish ham ustuvor vazifalar qatorida. Prezident halol ishlayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va soliqqa oid madaniyatni oshirish zarurligini ta’kidladi.
Har bir soha uchun individual yondashuv qo‘llanadi, shunda qonuniy biznes yuritish eng foydali yo‘lga aylanadi. Mirziyoyev, xalqimizga xos bo‘lgan halollik oxir-oqibat farovonlik keltirishini aytib, bu qadriyatlarni jamiyatda faol targ‘ib qilishga chaqirdi.

Powered by Froala Editor