Yaz’yovonda $170 mlnlik elektrobuslar ishlab chiqarish zavodi qurilishi boshlandi
O'zbekiston
Farg‘ona viloyatining Yaz’yovon tumanida Xitoyning Xiang Yang Tenglong Automobile va GIG Investments kompaniyalari bilan hamkorlikda elektrobuslar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati $170 mln bo‘lib, korxonani 2027-yil dekabr oyida ishga tushirish rejalashtirilgan.
Ishlab chiqarish «Ijodkor» mahallasidagi maxsus sanoat zonasining 10 gektar maydonida joylashadi. Birinchi bosqichda elektrobuslar ishlab chiqariladi, keyinchalik elektr yuk avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
Loyiha doirasida yiliga 700 tagacha elektrobus ishlab chiqarish quvvati yaratiladi. Mahsulotlar nafaqat O‘zbekiston ichki bozoriga, balki xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinadi.
Qurilish boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, tadbirkorlar va investorlar, jamoatchilik hamda faxriylar ishtirok etdi.
Tadbirda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va zamonaviy, ekologik toza transport vositalarini ishlab chiqarish bugungi kun talabi ekani ta’kidlandi.
Loyiha Farg‘ona viloyatining sanoat salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Tadbir yakunida korxona poydevoriga tamal toshi qo‘yilib, qurilish ishlariga start berildi.

Powered by Froala Editor