YeI Belarusga Rossiya Federatsiyasiga qarshi joriy qilingan bir qator sanksiyalarni qo’lladi

Dunyo

Xususan, Yevropa Ittifoqi Belorusdan oltin, olmos, geliy, ko‘mir va mineral mahsulotlar hamda xom neft importini taqiqladi, deya xabar bermoqda YeI kengashi.

YeI Belarusga Rossiya Federatsiyasiga qarshi joriy qilingan bir qator sanksiyalarni qo’lladi
Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Belarusda ro'yxatdan o'tgan transport vositalari, shu jumladan tirkamalar va yarim tirkamalar bilan yuklarni tashishni taqiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 14-sanksiya paketini qabul qilgan edi. YeI Kengashi tomonidan e'lon qilinganidek, cheklovlar Rossiya suyultirilgan gazining Yevropa portlari orqali tranzitini o'z ichiga oladi. Biroq, hujjatda qayd etilishicha, G‘arb Rossiyadan suyultirilgan gazni sotib olishda davom etadi. Bundan tashqari, Rossiyaning 116 nafar jismoniy va yuridik shaxsiga nisbatan sanksiyalar joriy etildi.

Avvalroq Yaponiya O‘zbekistonning bir kompaniyasi – Mvizion MChJga nisbatan sanksiyalar joriy qilgani haqida ham xabar bergan edik.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing