YeI va NATO 6 yildan beri Yevropada “harbiy Shengen” tizimini yarata olmayapti
Dunyo
Yevropa Ittifoqi (YeI) va NATO olti yil ichida barcha Yevropa mamlakatlarida harbiy yuklarni tashishning yagona standartlarini belgilab beruvchi “harbiy Shengen” deb ataladigan tizimni yarata olmadi. Bu haqda NATO taʼminot va logistika boʻyicha qoʻshma qoʻmondonligi rahbari general-leytenant Aleksandr Zolfrank “Reuters” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Unga koʻra, shbu loyihani amalga oshirishda real siljish kuzatilmayapti.
Ma’lum qilinishicha, bunday tizim qo'shinlar va og'ir texnikani Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o'rtasida, asosan, Atlantika sohilidagi portlardan, AQSh va Kanadadan, sharqqa, Rossiya va Belorussiya chegaralariga tez va byurokratik kechikishlarsiz tashish imkonini beradi.
Zolfrank tinchlik davrida amalga oshirilmagan ishni inqiroz yoki urush paytida amalga oshirishning iloji yoʻqligini bildirgan.

Powered by Froala Editor