Yil yakuniga qadar AI-80 benzinidan foydalanish va sotish cheklanadi

O'zbekiston

2025-yil yakuniga qadar aholini sifatli, ekologik toza va arzon yoqilg‘i bilan taʼminlagan holda AI – 80 rusumli avtomobil yoqilg‘isidan foydalanish va sotish cheklanadi. Bu haqda prezidentning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmonida so'z boradi.

Yil yakuniga qadar AI-80 benzinidan foydalanish va sotish cheklanadi
Farmonga ko'ra, 2025-yil yakuniga qadar quyidagi vazifalarning bajarilishini taʼminlashga barcha kuch va resurslar safarbar etiladi.

Aholini sifatli, ekologik toza va arzon yoqilg‘i bilan taʼminlagan holda AI – 80 rusumli avtomobil yoqilg‘isidan foydalanish va sotishni cheklash ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek Respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish to‘liq taqiqlanadi.

Istisno holatlarda avariyaviy yoqilg‘i sifatida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligini xabardor qilib, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda foydalanish holatlari mustasno.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing