Yil yakunigacha kambag‘al oilalar farzandlari maktabgacha ta’lim bilan to'liq qamrab olinadi

O'zbekiston

“2025-2026 yillarda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 83-sonli Hukumat qarori qabul qilindi.

Yil yakunigacha kambag‘al oilalar farzandlari maktabgacha ta’lim bilan to'liq qamrab olinadi
Qarorga ko‘ra, 2025-2026 yillarda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi hamda 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Qarorga asosan, quyidagilar tashkil etiladi:

aholining yashash darajasi va to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan (kambag‘al oilalar kam bo‘lgan) mahallalarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalar;

olis va chekka (tuman va shaharlar markazida joylashmagan) mahallalarda oilaviy nodavlat bog‘chalar;

aholining to‘lov qobiliyati past (kambag‘al oilalar nisbatan ko‘p bo‘lgan) hamda demografik o‘sish darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarda davlat, shuningdek, xalqaro moliya institutlari kredit va grantlari hisobidan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalar;

ijtimoiy soha muassasalarining bo‘sh binolarida qisqa muddatli guruhlar.

Shuningdek qarorga binoan, 2025-yil yakunigacha kambag‘al oilalar farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ta’minlanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing