Peruning sobiq prezidenti Tolido 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Dunyo

Peru sudyasi sobiq prezident, 78 yoshli Alejandro Toledo’ni 35 million dollar miqdorida pora olish va korruptsiyaga aloqadorlikda ayblab, 20 yil va 5 oy muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

Peruning sobiq prezidenti Tolido 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Tolido, Peru prezidenti lavozimida 2001-2006 yillarda ishlagan, Braziliya kompaniyasi Odebrecht’ga yirik yo‘l qurilishi loyihasini yutib olishda yordam bergani uchun pora olganlikda ayblangan. Odebrecht kompaniyasi Peruda qurilish loyihalarini amalga oshirish uchun katta miqdorda pora berganini tan oldi.

2023 yil aprel oyida Tolido AQShning Kaliforniya shtatida hibsga olingan va Peruning so‘rovi bo‘yicha ekstraditsiya qilingan edi. U bir necha yil AQShda yashagan va uning hibsga olinishi 2017 yilda buyurilgan edi.

Tolido yurak xastaligi va saraton kasalligidan aziyat chekayotganini aytib, sud jarayonida sog‘lig‘i bilan bog‘liq shikoyatlarini keltirgan bo‘lsa ham, sud unga nisbatan og‘ir jazo choralarini qo‘llashga qaror qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing