Yo'llarga noqonuniy to'siq o'rnatgan fuqarolar javobgarlikka tortiladi
O'zbekiston
Bugun Oliy Majlis Qonunchalik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasi ko'rib chiqildi.
Mazkur qonun loyihasiga ko'ra, transport vositalarini trotuarlardan, velosiped yo‘lkalaridan, yashil hudud maydonlaridan yurgizishning oldini olishga qaratilgan normalar belgilanmoqda.
Shuningdek, aholi tomonidan noqonuniy ravishda yo‘lning qatnov qismiga to‘siqlar o‘rnatish yoki yo‘llarni to‘sib qo‘yish, transport vositalari va fuqarolarning harakatiga to‘sqinlik qilish holatlariga chek qo‘yish uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi yo‘llarda harakat ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash, ularning erkin harakatlanishiga sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Powered by Froala Editor