Yumshoq siyosatmi yoki inflyatsiya xatarlari
Iqtisodiyot
2026 yilda Federal rezerv tizimi rahbariyatining almashuvi AQSh regulyatorining mustaqilligini sinovdan o‘tkazib, global moliya bozorlari uchun muhim oqibatlarga olib kelishi mumkin.
AQSh Federal rezerv tizimi (FRT) raisi Jerom Pauellning vakolati 2026 yil may oyida yakunlanadi. Rahbariyatdagi ushbu o‘zgarish AQSh va jahon iqtisodiyoti uchun muhim burilish nuqtasi bo‘lishi kutilmoqda.
«Gazprombank Private» boshqaruvchi direktori Yegor Susinning fikricha, inflyatsiya xatarlarini yetarlicha baholamaydigan va yumshoq pul-kredit siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi yangi rahbar qisqa muddatli iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishi mumkin. Biroq yuqori davlat qarzi va barqaror inflyatsiya sharoitida bu dollar ishonchliligiga putur yetkazishi ehtimoli bor.
2025 yil oxiriga kelib FRT asosiy stavkani 3,5–3,75% darajasigacha tushirdi. Shu bilan birga, inflyatsiya hali ham maqsadli 2% darajadan yuqori bo‘lib qolmoqda. FRT ichida esa stavkalarni yanada pasaytirish borasida kelishmovchiliklar kuchaymoqda.
Bozorlar FRT siyosatining kelajakdagi yo‘nalishiga ehtiyotkorlik bilan qaramoqda — bu obligatsiyalar daromadliligining oshishi, dollar kursining zaiflashuvi va oltin narxlarining ko‘tarilishida yaqqol ko‘rinmoqda.

Powered by Froala Editor