Yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlar uchun soliq tekshiruvlari bekor qilinadi

O'zbekiston

Yangi qonunga muvofiq, yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlar uchun rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar joriy etiladi. Ushbu o‘zgarishlar tadbirkorlik subyektlarini soliq to‘lovlari bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklar bilan ta’minlashga qaratilgan.

Yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlar uchun soliq tekshiruvlari bekor qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi tushunchasi joriy etildi. Yuqori reytingga ega kompaniyalar ortiqcha to‘langan soliq summalarini uch kun ichida qaytarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, “AAA” reytingli subyektlarga soliq tekshiruvlari o‘tkazilmasligi ko‘zda tutilgan (jinoyat ishlari bundan mustasno).

Mazkur tadbirkorlar qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq idorasi tekshiruvisiz, bir kun ichida summalarni qaytarish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Ushbu rag‘bat tizimi tadbirkorlik subyektlarini yanada barqaror rivojlantirishga va ularning qonuniy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Qonun tadbirkorlar uchun soliq yukini kamaytirib, ularni davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam choralaridan unumli foydalanishga rag‘batlantiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing