Yurtimizda 38 milliard so‘mlik yangi loyiha ishga tushirildi

O'zbekiston

Samarqand viloyatining Kattaqo'rg'on tumanida qiymati 38 mlrd so'mlik tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi amalga oshirildi. Bu haqda O‘zR Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Yurtimizda 38 milliard so‘mlik yangi loyiha ishga tushirildi
Ishlab chiqarish quvvati yiliga 5 million dona bo‘lib, 100 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Loyiha MOBITEX TEXTILE FACTORES MChJ tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Turkiya va Yevropa Ittifoqi bozorlarida katta talabga ega bo‘lib, dunyoning 55 dan ortiq davlatiga eksport qilinmoqda.

Respublikaning eksport salohiyatini qo'llab-quvvatlash uchun soliq imtiyozlari va preferensiyalar tizimi yaratildi, shu jumladan aksiz to'lanadigan tovarlarni eksport qilishda aksiz solig'idan ozod qilish va qimmatbaho metallardan tashqari tovarlarni eksport qilish uchun QQSning nol stavkasini qo'llash joriy etilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing