Ilhom Aliyev aviahalokat yuzasidan intervyu berdi
Dunyo
29-dekabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev "Heydar Aliyev xalqaro aeroporti"da Ozarbayjon televideniyesiga intervyu berdi.
Jurnalist: Afsuski, so‘nggi kunlarda hammamizni chuqur larzaga solgan hodisa yuz berdi. 25-dekabr kuni Boku shahridan Grozniyga uchayotgan AZAL samolyoti Qozog‘istonning Oqto‘be shahri yaqinida halokatga uchradi. Bu voqeadan keyingi jarayonlar qanday kechganini bilmoqchi edik.
Prezident Ilhom Aliyev: Bu haqida menga MDH sammitida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga uchayotgan paytimda samolyotda xabar berishdi. Xabarni olgan zahoti samolyot Boku shahriga qaytishini buyurdim. Bokuga yetib kelishim bilanoq aeroportda tezkor yig‘ilish o‘tkazdim. Yo‘lda bo‘lganimda, mening topshirig‘imga binoan davlat komissiyasi tuzildi va tegishli idoralar vakillaridan iborat delegatsiya darhol Oqto‘be shahriga jo‘natildi. Chunki ular darhol ishni boshlashlari kerak edi. Avvalo, samolyotning qoldiqlari bilan tanishish, joyida kuzatuvlar o‘tkazish, video va foto materiallarni yig‘ish hamda ularni jamoatchilikka taqdim etish zarur edi.
Bundan tashqari, Ozarbayjon shifokorlari guruhi Oqto‘bega yuborildi, garchi Qozog‘iston tomoni jarohat olganlarga yordam berish uchun barcha choralarni ko‘rgan bo‘lsa ham. Shu bilan birga, Ozarbayjon Bosh prokuraturasi mening ko‘rsatmamga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘adi, va shunga o‘xshash choralar Qozog‘iston va Rossiyada ham ko‘rildi.
Tergovning dastlabki versiyalari ustida ish boshlandi. Yakuniy natijalar qora qutilar ochilgandan keyin aniq bo‘ladi, lekin dastlabki versiyalar faktlarga asoslangan. Faktlar shuni ko‘rsatadiki, Ozarbayjon fuqaro aviatsiyasi samolyoti Rossiya hududida, Grozniy shahri yaqinida tashqaridan zararlangan va deyarli boshqaruvni yo‘qotgan. Elektron kurash vositalari samolyotning boshqaruvini izdan chiqargan. Bu birinchi zarba edi. Bundan tashqari, yer yuzasidan o‘qqa tutilishi natijasida samolyotning dum qismi jiddiy shikastlangan.
O‘sha kuni bizning jamoamiz Oqto‘bega borib, video materiallarni tayyorladi va jamoatchilikni bu haqda xabardor qildi. Samolyotning fuselyaji teshik-teshik bo‘lib ketgani, samolyot qushlar to‘dasi bilan to‘qnashgan degan fikrni rad etdi. Afsuski, Rossiya tomonidagi ayrim doiralar ushbu nazariyani ilgari surdi.
Jurnalist: Rossiya tomoniga qanday talablar qo‘yildi?
Prezident Ilhom Aliyev: 27-dekabr kuni rasmiy talablar yetkazildi. Ular quyidagilardan iborat: birinchidan, Rossiya Ozarbayjondan uzr so‘rashi kerak; ikkinchidan, aybini tan olishi kerak; uchinchidan, javobgarlar jazolanishi, jinoiy javobgarlikka tortilishi va Ozarbayjon davlati hamda jabrlangan yo‘lovchilar va ekipaj a’zolariga kompensatsiya to‘lashi kerak.
Bir shart kecha bajarildi. Umid qilamanki, qolgan shartlar ham bajariladi. Bu talablar xalqaro tajriba va insoniy tamoyillarga asoslangan.
Jurnalist: Javoblaringiz uchun rahmat, Janob Prezident.
Prezident Ilhom Aliyev: Rahmat.

Powered by Froala Editor