Zaxarova: Rossiya jurnalistlar halokati haqida sukut saqlamaydi

Dunyo

Rossiya Ukrainada jurnalistlarning halok bo‘lishi bilan bog‘liq holatlarni yashirmasligini va bu masalada xalqaro tashkilotlardan prinsipial munosabat talab qilishini bildirdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

Zaxarova: Rossiya jurnalistlar halokati haqida sukut saqlamaydi
Uning ta’kidlashicha, Moskva vakolatli xalqaro amaldorlar o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishiga umid qilmoqda. TIVda qayd etilishicha, jurnalistlar o‘limiga aloqador barcha shaxslar aniqlanib, munosib jazoga tortilishi lozim.

Bayonot xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan jurnalistlarni xotirlash kuniga bag‘ishlab e’lon qilindi. Zaxarova Rossiya ushbu masalani xalqaro maydonlarda ko‘tarishda davom etishini va bunday jinoyatlarning e’tiborsiz qolishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing