Ziroat Mirziyoyeva "Mehrli maktab" o‘quvchilari bilan uchrashdi

O'zbekiston

Ziroat Mirziyoyeva Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida ochilgan "Mehrli maktab" gospital maktabi filiali o‘quvchilarini borib ko‘rdi, deb xabar bermoqda O’zA.

Ziroat Mirziyoyeva "Mehrli maktab" o‘quvchilari bilan uchrashdi
Qayd etilishicha, yangi gospital maktab Toshkent, Nukus, Andijon va Farg‘onadan keyin respublikada beshinchi bo‘lib tashkil etilgan. Unda uzoq vaqt davolanayotgan bolalar bilan ishlash uchun zarur tayyorgarlikdan o‘tgan pedagoglar, psixologlar va tarbiyachilar ish boshladi.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva "Mehrli maktab"da yaratilgan qulay ta’lim muhitini qayd etib, bolalar bilan dildan suhbatlashdi va o‘quvchilar bilan rivojlantiruvchi moslashuv mashg‘ulotlarida qatnashib, pedagoglarga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing