Zomin texnoparkida $250 millionlik yangi loyihalar ishga tushadi

22-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Zomin texnoparkida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Texnopark Jizzax viloyatida 400 gektarlik hududda joylashgan bo‘lib, birinchi bosqichda 9 ta loyiha boshlangan.

Zomin texnoparkida $250 millionlik yangi loyihalar ishga tushadi
Hozirda ikkinchi bosqich uchun yana 5 istiqbolli loyiha ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 250 million dollarni tashkil etadi.

Asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:

Longze Investment Group bilan tibbiy va xavfsizlik uskunalari ishlab chiqarish

Foxit kompaniyasi bilan noutbuk, planshet, server va routerlar ishlab chiqarish

Charm va sport oyoq kiyimlari, qurilish materiallari, farfor idishlar va kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish

Ushbu loyihalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 70 foizi eksportga yo‘naltiriladi, hamda ular yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘ladi.

So‘nggi yillarda Jizzax viloyatiga kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmi jadal o‘sdi: 2018-yilda 18 million dollar bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 1 milliard dollardan oshdi. Oxirgi 8 yilda 3,7 milliard dollar investitsiya kiritilgan, 4 mingdan ortiq sanoat korxonasi ishga tushgan, va 260 dan ortiq xorijiy kapitalga ega kompaniyalar faoliyat yuritmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing