1-fevraldan «Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlanadi
O'zbekiston
O‘zbekistonda 2025-yilgi «Tashabbusli budjet» jarayonlarining 1-mavsumi 1-fevral kuni start oladi va 20-martgacha davom etadi. G‘olib loyihalar esa Navro‘z bayrami kuni, ya’ni 21-martda e‘lon qilinadi. Bu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur mavsumning har bir bosqichi aniq belgilangan muddatlarga ega:
Loyiha kiritish bosqichi: 1–20 fevral. Bu davrda fuqarolar va tashkilotlar o‘z loyihalarini taqdim etadilar.
Saralash bosqichi: 21-fevral–7-mart. Ushbu bosqichda loyihalar texnik va iqtisodiy jihatdan ko‘rib chiqiladi.
Targ‘ibot bosqichi: 8–10 mart. Mazkur davrda fuqarolar loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ma’lumotlar tarqatadilar.
Ovoz berish bosqichi: 11–20 mart. Fuqarolar o‘zlariga yoqqan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ovoz beradilar.
Senat Kengashi qaroriga asosan, har bir tuman va shahar budjetidan har yili 10 tadan 30 tagacha loyiha uchun mablag‘ ajratilishi belgilangan. Agar loyihalar soni 10 tadan oshsa, qo‘shimcha mablag‘lar ushbu hududdagi aholining ulushiga qarab taqsimlanadi. Bu yondashuv har bir loyiha uchun teng imkoniyat yaratish va fuqarolar manfaatlarini hisobga olishni ta’minlaydi.
2024-yilda «Tashabbusli budjet» jarayonlarida ovoz berish 13-martdan 1-aprelgacha davom etgan edi. O‘tgan mavsumda jami 3,02 trillion so‘mlik mablag‘ ajratilgan edi.
«Tashabbusli budjet» jarayoni aholining bevosita tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni budjet mablag‘larini taqsimlashga jalb etish maqsadida tashkil etilgan. Ushbu loyiha jamoatchilik bilan davlat o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Aholining faolligi nafaqat loyihalarni moliyalashtirishga, balki ularning sifatli va tezkor amalga oshirilishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Powered by Froala Editor