Merts Putin siyosatini 1938 yil bilan qiyosladi
Dunyo
Germaniya kansleri Fridrix Merts Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urush bilan cheklanib qolmasligini va Yevropadagi chegaralarni tubdan qayta ko‘rib chiqishga intilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Mertsning so‘zlariga ko‘ra, Moskva sobiq Sovet Ittifoqini avvalgi chegaralarda tiklashdan manfaatdor bo‘lib, bu ilgari SSSR tarkibiga kirgan davlatlar uchun jiddiy, jumladan harbiy xavf tug‘diradi.
«Agar Ukraina qulab tushsa, u to‘xtamaydi», — deya ta’kidladi kansler va Kreml harakatlari joriy mojarodan ancha kengroq ekanini qayd etdi.
Shu munosabat bilan Merts Germaniyaning tashqi va mudofaa siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlar sifatida Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish, Yevropa birligini saqlash, Buyuk Britaniya bilan strategik hamkorlikni chuqurlashtirish va NATOni imkon qadar uzoq muddat saqlab qolish zarurligini ko‘rsatdi.
Tarixiy qiyoslar haqida gapirar ekan, u hozirgi vaziyatni 1914 yil bilan solishtirishni noto‘g‘ri deb atadi. Uning fikricha, 1938 yil va Myunxen kelishuvi bilan qiyoslash ancha o‘rinli bo‘lib, murosa siyosati tajovuzkorlikni yanada kuchaytirgan va Ikkinchi jahon urushiga olib kelgan.

Powered by Froala Editor