1 noyabrdan yurtimizda nimalar o‘zgaradi?

O'zbekiston

2024 yil 1 noyabrdan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlar bilan tanishing.

1 noyabrdan  yurtimizda nimalar o‘zgaradi?
2024 yil 1 noyabrdan boshlab:

-Har bir fuqaroni o‘zi va farzandlari kelajagi uchun mas’uliyat bilan yondashishga undaydigan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi;

-Tovar-xomashyo birjalari faoliyatini litsenziyalashga yo‘l qo‘yiladi;

-Jismoniy shaxslarga og‘irligi 200 grammgacha bo‘lgan kumushdan hamda 65 grammgacha bo‘lgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan O‘zbekistondan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi;

-3 oy davomida to‘lanmagan chiqindi puli uchun “svet” o‘chiriladi;

-Foydalanish maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasini aniqlash uchun «A», «B», «C», «D», «E», «F» va «G» belgilari joriy etiladi;

-Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;

-Barcha uchun ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri joriy qilinadi;

-avtobuslarni nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha bo‘lgan qismi Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;

-vazirlik va idoralar davlat kosmik monitoringi doirasida aniqlagan huquqbuzarliklar bo‘yicha undirilgan jarimalarning 10 foizi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining budjetdan tashqari Kosmik tarmoqni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing