100 nafar falastinlik bolalar va ayollar O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

O'zbekiston

O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi Mansur Bek Qilichevning ma’lum qilishicha, kecha, 26-dekabr kuni, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusini amalga oshirish maqsadida, jabrlangan 100 nafar falastinlik bolalar va ayollar va ularning hamrohlarini O‘zbekistonga evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirgan.

100 nafar falastinlik bolalar va ayollar O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi
Evakuatsiya qilingan falastinliklar oʻz yurtlariga qaytgunlaricha Oʻzbekistonda mehmon boʻlishadi.

Qilichev, Yaqin Sharq axborot agentligiga bergan bayonotida, bemor falastinliklar O'zbekistondagi sog'liqni saqlash markazlari va kasalxonalarda davolanishlarini, O'zbekiston hukumati ularni, oilalarining barcha ehtiyojlari, jumladan mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat va boshqalar bilan ta'minlashini qo'shimcha qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev 2024-yil noyabr oyida Falastin masalasiga bag‘ishlangan navbatdan tashqari arab-islom sammiti oldidan so‘zlagan nutqida Falastin hududidagi harbiy harakatlarni to‘xtatish va xavfsiz gumanitar yo‘laklarni ta’minlash muhimligini ta’kidlagan va Toshkent falastinlik mehmonlarga mezbonlik qilishdan ma'mnun bo'lishini ma'lum qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing