2024-yilda O‘zbekistonda narxlar qanday o'zgardi

O'zbekiston

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda yil davomida rasmiy inflyatsiya darajasi 9,8 foizni tashkil etdi. Ba’zi mahsulotlar arzonlashgan bo‘lsa-da, boshqalari sezilarli darajada qimmatlashdi.

2024-yilda O‘zbekistonda narxlar qanday o'zgardi
- Arzonlashgan mahsulotlar: Guruch (6,3%), buğ‘doy uni (3,9%), shakar (3,7%) va tuxum (7,3%).

- Qimmatlashgan mahsulotlar: Mol go‘shti (13,3%), qo‘y go‘shti (14,6%), kungaboqar yog‘i (14,6%), paxta yog‘i (15,3%) va kefir (6,6%).

Meva-sabzavotlar narxida ham o‘zgarishlar bo‘ldi: pomidor, limon va bodring arzonlashgan, ammo kartoshka, sabzi va piyoz narxlari 1,4% dan 39,9% gacha oshdi.

Energetika resurslari va uy-joy xizmatlari 2024-yilda narxlarga eng katta ta’sir qilgan omillardan biri energetika resurslari bo‘ldi. Jumladan:

- Tabiiy gaz: 129% qimmatlashdi.
- Elektr energiyasi: 67% oshdi.
- Propan va metan: mos ravishda 30,9% va 21% qimmatlashdi.

Uy-joy xizmatlarining boshqa turlari ham qimmatlashdi:
- issiq suv ta’minoti (32,1%), chiqindilarni yig‘ish (54,7%) va isitish tizimi (36%).

Transport va yo‘l haqi narxlari Transport xizmatlari ham yil davomida sezilarli darajada qimmatlashdi:

- Poyezd chiptalari narxi o‘rtacha 12,6% oshdi, shahar ichidagi poyezdlar narxi esa 40,1% ga qimmatlashdi.
- Taksi narxlari 12,2% ga oshgan bo‘lsa, samolyot chiptalari narxi nisbatan barqaror qolib, atigi 1,2% ga oshdi.

Tibbiyot va ta’lim xizmatlari Tibbiyot va ta’lim sohasida ham narxlarning o‘zgarishi qayd etildi. 2024-yil 1-apreldan tibbiy xizmatlar va dori vositalariga QQS imtiyozining bekor qilinishi ushbu sohada narxlarning keskin oshishiga olib keldi:

- Dori vositalari narxi 26,2% ga, stomatologiya xizmatlari 12,4% ga oshdi. -

Davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qish narxi 15,1% ga, xususiy oliy ta’lim muassasalarida esa 0,5% ga oshgan.

Ushbu o‘zgarishlar 2025-yilda iqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari va muammolari qatoriga kirishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing