O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining yangi rahbari tayinlandi
O'zbekiston
Bugun Prezident farmoniga muvofiq Sardorbek Ulug‘bekovich Umurzakov Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U uzoq yillik diplomatik tajribaga ega bo‘lib, davlat boshqaruvi tizimida muhim lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Davlat rahbarining farmoniga binoan, Sardorbek Ulug‘bekovich Umurzakov Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.
Umurzakov — ko‘p yillik tajribaga ega professional diplomat. U 2006–2018-yillarda Tashqi ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan, shuningdek, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida faoliyat olib borgan.
2018-yildan buyon Prezident Administratsiyasida mas’ul lavozimlarda, xususan tashqi siyosat yo‘nalishida ishlagan.

Powered by Froala Editor