Tramp Budapeshtdagi Putin bilan uchrashuvni bekor qildi

Dunyo

AQSh prezidenti Donald Tramp Budapeshtda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Vladimir Putin bilan uchrashuvni bekor qilganini ma’lum qildi. U bunga muzokaralarda kutilgan natijaga erishilmagani va vaqtning “mos emasligi”ni sabab sifatida keltirdi. Bu qaror AQShning Rossiya neft kompaniyalariga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilganidan so‘ng qabul qilindi.

Tramp Budapeshtdagi Putin bilan uchrashuvni bekor qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Budapeshtda rejalashtirilgan sammitni bekor qilganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tayyorgarlik davomida tomonlar Rossiya-Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha muhim natijaga erisha olmasliklarini anglashgan.

“Biz Putin bilan uchrashuvni bekor qildik — bu hozir to‘g‘ri qaror deb o‘ylayman. Biz kerakli natijaga erisholmaymiz, ammo kelajakda albatta uchrashamiz”, — dedi Tramp.

Oq uy Rossiyaning “Lukoyl” va “Rosneft” kompaniyalari hamda ularning 28 ta sho‘ba korxonalariga qarshi yangi sanksiyalar joriy etganini e’lon qildi. Ushbu chora Rossiya neft eksportini cheklashga qaratilgan.

Tramp sanksiyalar uzoq davom etmasligiga umid bildirdi va “kelajakda muloqot davom etadi” deya ta’kidladi.

Davlat kotibi Marko Rubio ham AQSh Rossiya bilan uchrashuv o‘tkazish istagida ekanini va “muloqot eshigi hanuz ochiq”ligini bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing