2024 yilgi Nobel mukofoti sovrundorlarga topshirildi

Dunyo

Nobel mukofoti – har yili ulkan ilmiy va insonparvarlik yutuqlari uchun topshiriladigan xalqaro mukofotdir. Ushbu mukofot Alfred Nobelning vasiyatiga ko‘ra, har yil 10 dekabr kuni topshiriladi.

2024 yilgi Nobel mukofoti sovrundorlarga topshirildi
Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav Stokgolmdagi Filarmoniya zalida 2024 yilgi fiziologiya, tibbiyot, fizika, kimyo, adabiyot, iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi mukofotlarni topshirdi. Tadbirda 11 nafar laureatga oltin medallar va diplomlar taqdim etildi.

2024 yilgi laureatlar va yo‘nalishlari:

Fiziologiya va tibbiyot: Viktor Ambros va Gari Ruvkin (AQSh) – gen faoliyatini tartibga soluvchi mikro-RNK molekulalarini kashf etgani uchun.

Fizika: Jon Hopfild (AQSh) va Jeffri Hinton (Kanada) – sun’iy neyron tarmoqlarni rivojlantirish orqali mashina o‘qitish borasidagi ishlari uchun.

Kimyo: Devid Beyker, Jon Jumper (AQSh) va Demis Hassabis (Birlashgan Qirollik) – oqsil strukturalarini model qilish va prognoz qilishdagi kashfiyotlari uchun.

Adabiyot: Han Kang (Janubiy Koreya) – tarixiy travmalar va inson hayotining nozik jihatlarini she’riy nasrda aks ettirgani uchun.

Iqtisodiyot: Daron Acemoğlu, Saymon Jonson va Jeyms Robinson (AQSh) – millatlar farovonligining sabablari haqida olib borgan tadqiqotlari uchun.

Tinchlik mukofoti: Norvegiyadagi "Nihon Hidankyo" tashkiloti – yadroviy quroldan holi dunyo uchun olib borgan harakatlari uchun.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing