CAFA Nations Cup: O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi
Sport
Bugun O‘zbekiston milliy futbol jamoasi CAFA Nations Cup turniridagi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazadi. Raqib — Turkmaniston terma jamoasi.
Uchrashuv 2-sentabr kuni soat 19:30 da “Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yin jamoamiz uchun turnirning final bosqichiga yo‘l olishdagi muhim qadam bo‘ladi.
Powered by Froala Editor