O‘zbekistonda uy-joy xaridi uchun 6% gacha keshbek joriy etilishi mumkin

O'zbekiston

O‘zbekistonda fuqarolarga uy-joy xaridi bo‘yicha bitim summasining 5–6 foizi miqdorida keshbek berilishi ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu tashabbus 29-avgust kuni Savdo-sanoat palatasi va qurilish sohasi vakillari o‘rtasidagi ochiq muloqotda muhokama qilindi.

O‘zbekistonda uy-joy xaridi uchun 6% gacha keshbek joriy etilishi mumkin
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov ta’kidlashicha, bugungi kunda faqat 10 foiz bitimlarda QQS hisobga olinadi, qolgan 90 foiz esa norasmiy amalga oshirilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, keshbek tizimi xaridorlarni rasmiy hisob-faktura talab qilishga undaydi va bu orqali bozorni legallashtirishga yordam beradi.

Avvalroq, uy-joy oldi-sotdisida naqd puldan voz kechish rejalashtirilayotgani ham ma’lum qilingan edi. Bu choralar qurilish sohasidagi “soya iqtisodiyoti”ni qisqartirishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing