2024-yilning yozida Rossiya Ukrainaga keng ko'lamli hujum uyushtiradi – FT
Dunyo
Amerika razvedkasi ma'lumotlariga ko'ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi yakuniy maqsadi o'zgarishsiz qolmoqda - "mamlakatni bosib olish va uning xalqini bo'ysundirish".
Rossiya joriy yilning yozidayoq Ukrainada keng ko‘lamli hujum uyushtirishni rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Financial Times” gazetasi Ukraina harbiy qo‘mondonligidagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu hujumdan maqsad Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojye viloyatlarini to‘liq qo‘lga kiritish bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, ukrainalik harbiylar Rossiyaning Xarkov va hatto Kiyevni ham bosib olishga yana bir urinishini istisno etmayapti.
Amerika razvedkasi ma'lumotlariga ko'ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi yakuniy maqsadi o'zgarishsiz qolmoqda - "mamlakatni bosib olish va uning xalqini bo'ysundirish", deb yozadi FT.

Powered by Froala Editor