30 aprelgacha migrantlar Rossiyani tark etishi shart

Dunyo

Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Noqonuniy migrantlarning Rossiyada bo‘lishini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

30 aprelgacha migrantlar Rossiyani tark etishi shart
Unga ko‘ra, Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan migrantlar 2025 yil 30 aprelga qadar mamlakatni mustaqil ravishda tark etishi yoki holatini qonuniylashtirishi kerak.

Farmonda belgilanishicha, o‘z holatini qonuniylashtirmoqchi bo‘lgan migrantlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

shaxsiy biometrik ma’lumotlarini topshirish yoki shaxsiy biometrik ma’lumotlar asosida identifikatsiyadan o‘tish;

narkotik yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilmaganini, OITS yoki tegishli ro‘yxatdagi boshqa yuqumli kasalliklarga chalinmaganini tasdiqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish;

rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirish;

majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzni o‘z ixtiyori bilan to‘lash;

patent, mehnat qilish, vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, o‘qish yoki yashash uchun ruxsatnoma berishni rad qilish uchun asos yo‘qligi va boshqa talablar.

Qonun 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

2024 yilda Rossiyada migratsiya siyosatini kuchaytiruvchi bir qancha qonunlar qabul qilindi. Ulardan biriga ko‘ra, 2025 yil 5 fevraldan mamlakatda deportatsiya uchun migratsiya rejimi joriy etiladi. Ichki ishlar vazirligi sud qarorisiz noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborish huquqiga ega bo‘ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing