G‘azo: Isroil agressiyasi qurbonlari soni 13,3 ming kishiga yetdi

Dunyo

31 ming kishi jarohatlangani qayd etildi.

G‘azo: Isroil agressiyasi qurbonlari soni 13,3 ming kishiga yetdi
7-oktabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida halok bo‘lganlar soni 13,3 ming kishiga yetdi, 31 ming kishi jarohat oldi. Bu haqda G‘azo hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hisobotga ko‘ra, qurbonlar orasida 5600 nafar bola va 3550 nafar ayol bor.

Xabar qilinishicha, mintaqani o‘qqa tutishda 201 nafar tibbiyot xodimi va 60 nafar jurnalist halok bo‘lgan. Yaradorlar soni esa 31 mingga yetgan.

6500 dan ortiq odam bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida, jumladan vayronalar ostida qolganlar ham borligi qayd etilgan boʻlib, ularning 4 ming 400 dan ortig‘i ayollar va bolalardir. Ayni paytda sektorda 98 ta hukumat binosi va 266 ta maktab Isroil hujumiga uchragan va 66 ta maktab ishlashdan toʻxtagan.

Isroil askarlari tomonidan bombalangan 170 ta masjiddan 83 tasi butunlay vayron qilingan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing