90 yoshli amerikalik ayol 74 yil hech qanday dam olishsiz bir joyda ishladi

Dunyo

U butun faoliyati davomida biron kun ham ishdan qolmagan, hatto “betobman” deb qoʻngʻiroq ham qilmagan.

90 yoshli amerikalik ayol 74 yil hech qanday dam olishsiz bir joyda ishladi
90 yoshli Melba Mebane Texasning Tayler shahridagi “Dillard” savdo majmuasida sotuvchilik bo'yicha 74 yillik ajoyib karyerasidan so'ng nafaqaga chiqdi. Bu haqda Mirror nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, u butun faoliyati davomida hech qachon ish kunini qoldirmagan yoki “betobman” deb qoʻngʻiroq ham qilmagan. 1949-yilda liftchi qiz sifatida ish faoliyatini boshlagan Melba kosmetika bo'limiga qadar koʻtarilgan va u yerda nafaqaga chiqquncha ishlagan.

U o'zining mijozlarga ajoyib xizmat ko'rsatish ko'nikmalari va kichik savdo bitimlarini ham muhimlariga aylantira olish qobiliyati bilan mashhur edi.

Majmua manejerining ta’kidlashicha, u o'z faoliyati davomida ko'plab odamlarga murabbiylik qilgan, koʻp narsalarni o'rgatgan va odamlarning hayotiga yaxshi ta'sir oʻtkazgan.

"U shunchaki sotuvchi emas. U ona. U sizga yo'l-yo'riq ko'rsatadi. U sizga hayotiy maslahatlar beradi. U ajoyib inson”, dedi menejer.

Xabarga koʻra, sog'ligʻidagi mavjud muammolar tufayli Melba 90 yoshida nafaqaga chiqishga qaror qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing