Uzbekistan Airways Toshkentdan Tel-Avivga yo‘nalishdagi reysni bekor qildi

O'zbekiston

Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli 15-aprelga belgilangan Toshkent – ​​Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY301/302 reysini bekor qildi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.

Uzbekistan Airways Toshkentdan Tel-Avivga yo‘nalishdagi reysni bekor qildi
“Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilishi munosabati bilan, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta'minlash zarurati bilan bog'liq qarorini hisobga olgan holda, Uzbekistan Airways faqat 2024-yil 15-aprel kuni HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo'nalishidagi aviaqatnovlarini bekor qiladi”, — deyiladi xabarda.

Faqat 2024-yil 15-aprel kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag‘larini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun aviakompaniya yo‘lovchilardan Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilishlarini so'ramoqda.

Uzbekistan Airways yo'lovchilar xavfsizligi hamma narsadan ustun ekanligini eslatib o‘tib, yo'lovchilar va kutib oluvchilarga yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so'radi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing