Abdulla Abduqodirov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligida yangi kadrlar tayinlandi. So‘nggi o‘zgarishlar agentlik rahbariyati tarkibini yangilash jarayonining davomi bo‘ldi.

Abdulla Abduqodirov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva farmoyishiga muvofiq, Abdulla Abduqodirov agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U shu vaqtgacha agentlik direktorining vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod etilgan.

Shuningdek, Tahirjon Safarov agentlik direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u Prezident Administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil departamenti sektor mudiri lavozimidan ozod qilindi.

Mazkur tayinlovlar Sardor Umurzakov agentlik direktori etib tayinlanganidan so‘ng amalga oshirildi. Avvalroq Abdulla Abduqodirov agentlik direktorining vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Sardor Umurzakovning yangi lavozimga o‘tishi bilan Prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi ham tugatildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing