Abdulla Aripov qardosh Ozarbayjon xalqiga ta'ziya bildirdi

O'zbekiston

Bugun, 27-dekabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasiga tashrif buyurib, elchi Guseyn Guliyev orqali butun qardosh Ozarbayjon xalqiga ta'ziya bildirdi.

Abdulla Aripov qardosh Ozarbayjon xalqiga ta'ziya bildirdi
Avvalroq, Bosh vazir Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadovga Oqtau aeroporti yaqinida “Azerbaijan Airlines” aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani va odamlar halok bo‘lganligi munosabati bilan hamdardlik maktubini yuborgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing