Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universiteti rektorligiga qaytdi

O'zbekiston

Abduqodir Toshqulov 2010-yildan Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan, 2017-yil sentyabrida Termiz davlat universitetiga rektorlikka o‘tgan, 2018-yilda senatorga aylangan.

Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universiteti rektorligiga qaytdi
Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universitetiga rektor bo‘ldi. Tayinlovga qadar u Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Hozirda ushbu lavozim tugatilgan.

Abduqodir Toshqulov 2017—2021-yillarda Termiz davlat universitetiga rektorlik qilgan. 2021-yil yanvarda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri etib tayinlangandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing