Abdusamad Abdukarimov Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi

O'zbekiston

Abdusamad Abdukarimov Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri buyrug‘i bilan Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Abdusamad Abdukarimov Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi
Qayd etilishicha, Abdusamad Abdusalomovich ushbu sohada yetarli tajriba to'plagan yosh mutaxassislardan sanaladi. Ayni vaqtga qadar vazirlikning Yuridik bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

U 1993-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2018-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.

Ma’lumot uchun: Inspeksiya boshlig‘i bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing