AC: Yevropa Ukraina urushiga qarshi ovoz berdi

Dunyo

Yevroparlamentga saylovlar Kiyevni qo‘llab-quvvatlash tarafdori bo‘lgan yetakchilar va partiyalarning yirik mag‘lubiyati va bu urushdan charchaganlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda RT The American Conservative nashriga tayanib xabar berdi.

AC: Yevropa Ukraina urushiga qarshi ovoz berdi
Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Yevropadagi milliy konservativ partiyalar o‘z yetakchilariga o‘zlarining qat’iy pozitsiyalarini ko‘rsatib, oldinga muhim qadam tashladilar. “Ular Ukraina uchun urush qilishni xohlamaydilar”, deb yozmoqda The American Conservative.

The American Conservative nashrining yozishicha, bu natijalar saylovchilarning Ukrainadagi urushning Yevropa mojarosiga aylanib borishi xavfi haqidagi xavotirlariga javob bo‘lgan. So'rovlarga ko'ra, tobora ko'proq yevropaliklar mojaroda qatnashishdan charchaganliklarini bildirishmoqda va bundan tashqari, Ukrainadagi urush behuda, deb hisoblashmoqda.

2024-yilgi Yevropa parlamentiga saylovlar 6–9-iyun kunlari boʻlib oʻtdi. Bu 1979-yildan beri Yevropa parlamenti uchun o‘ninchi milliy saylov va Breksitdan keyingi birinchi saylov bo‘ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing