Yevroosiyo Taraqqiyot Banki Toshkentda yangi ofisini ochadi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Yevroosiyo Taraqqiyot Banki (YETB) boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov bilan Toshkentda uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Podguzov O‘zbekistonni YETBning mintaqadagi asosiy hamkorlaridan biri deb atadi va yaqin orada bir nechta yirik davlatlar bank aksiyadorlariga qo‘shilishini ma’lum qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar qiymati $3,3 milliardga teng bo‘lgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olishdi. Bu yilning o‘zida 5ta no-suveren loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Toshkentda YETBning mamlakat idorasini yil oxirigacha ochish rejasi ham tasdiqlandi, bu orqali loyihalar moliyalashtirilishi tezlashtiriladi va hamkorlik yanada mustahkamlanadi.

Powered by Froala Editor