Afg‘onistonda “O‘zbekiston temir yo‘llari” vakolatxonasi ochilishi mumkin
Siyosat
Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Kobulda bo‘ldi.
29-oktyabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Kobul shahrida Afg‘oniston Bosh vaziri o‘rinbosari Abdul G‘ani Mulla Barodar bilan uchrashdi.
Uchrashuv chogʻida "Surxon – Puli-Xumri" elektr uzatish tarmog‘i qurilishi loyihasini amalga oshirish, O‘zbekistonning Kobul va Mozori Sharif shaharlaridagi savdo uylari faoliyatini qayta tiklash va jonlantirish, Afg‘onistonda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vakolatxonasini ochish, shuningdek, xalqaro yuk tashish, bojxona nazorati hamda foydali qazilmali konlarni o‘rganish va rivojlantirish istiqbollariga oid boshqa masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Kobulga tashrifi doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi, shuningdek, ikki mamlakatning davlat idoralari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida “B2B” hamda “G2B” formatidagi uchrashuvlar o‘tkazildi.
Natijalarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, transport-logistika, kimyo sanoati, farmasevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, charm-poyabzal, elektrotexnika sanoati kabi sohalarda 1 mlrd 185 mln dollarlik eksport-import shartnomalari va bitimlar imzolandi.

Powered by Froala Editor