Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

O'zbekiston

Zilzila kuchi Toshkent shahri, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Navoiy viloyatlarida (2 ball) qayd etildi. Surxondaryo viloyatida esa uning kuchi 2-3 ball bo‘lgan.

Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
Toshkent vaqti bilan 11-yanvar kuni 14:20 da Afg‘onistonda 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi

Zilzila koordinatalari: 36,7 gradus shimoliy kenglik; 70,34 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=6. Chuqurlik 180 km. Zilzila episentri Toshkentdan 517 km janubiy-sharqda.

O'zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
• Surxandaryo viloyatida 2-3 ball, 279 km.
• Farg'ona viloyatida 2 ball, 428 km.
• Jizzax viloyatida 2 ball, 439 km.
• Samarqand viloyatida 2 ball, 441 km.
• Sirdaryo viloyatida 2 ball, 443 km.
• Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 466 km.
• Andijon viloyatida 2 ball, 486 km.
• Namangan viloyatida 2 ball, 492 km.
• Toshkent shahrida 2 ball, 516 km.
• Navoiy viloyatida 2 ball, 575 km.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing