Afrika Ittifoqi G20 tarkibiga rasman qabul qilindi

Siyosat

Afrika Ittifoqiga suvereniteti xalqaro miqyosda tan olingan 54 Afrika davlati, shuningdek, davlatligi bahsli G‘arbiy Sahro kiradi. Umuman olganda, Afrika ittifoqi 1,3 milliard kishining manfaatlarini ifodalaydi.

Afrika Ittifoqi G20 tarkibiga rasman qabul qilindi
G20’ning Nyu-Dehlidagi sammitidan so‘ng Afrika Ittifoqi “Katta yigirmatalik”ning to‘liq a’zosiga aylanadi. Bu haqda sammitning yakuniy deklaratsiyasi loyihasida aytilgan.

“Biz Afrika Ittifoqini G20 ning doimiy aʼzosi sifatida qutlaymiz va Afrika Ittifoqining G20ʼga qoʻshilishi zamonamizning global muammolarini hal qilishga katta hissa qoʻshishiga qatʼiy ishonamiz”, deya hujjatdan parcha keltirdi Reuters agentligi.

Avvalroq, Hindistonning G20 aʼzosi Sherpa Amitabh Kant jurnalistlarga sammitda BMTning G20ʼga qoʻshilishi masalasini muhokama qilish rasmiyatchilik boʻlishini aytgan edi. Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi iyun oyida barcha G20 yetakchilariga ushbu taklif bilan maktub yo‘llagan va ularning barchasi uni qo‘llab-quvvatlagan.

Shu bilan birga, deklaratsiya matni bo'yicha kelishuv hali ham davom etmoqda.

9-sentyabr kuni Nyu-Dehlidagi G20 sammiti ochildi va 10-sentabrgacha davom etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing