"Ahmoq ishlari bilan tanilayotgan" Ukraina

Dunyo

Amerikalik harbiy mutaxassis Uill Shrayver AQShni, Ukrainaning Taganrogga ATACMS raketalari bilan zarba bergani uchun, beparvolik va ehtiyotsizlikda aybladi. Bu haqida u X ijtimoiy tarmog'ida yozdi.

"Ahmoq ishlari bilan tanilayotgan" Ukraina
"Ahmoq ishlari bilan taniladi. Men AQSh va boshqa mamlakatlar oxirgi haftalardagi voqealardan "qo'rqib qolgan” deb o'ylay boshlaganimda, ular yana bir kichik va foydasiz ATACMS zarbasini Rossiyaga yuborishdi," deb yozdi u.

Kecha Ukrainani qo'shinlar Taganrog, Rostov viloyatidagi harbiy ayerodromga AQShda ishlab chiqarilgan oltita ATACMS ballistik raketasi bilan hujum qilgan, ammo barcha raketalar radarni chalg'itish vositalari yordamida yo'q qilinganligini Rossiya Mudofaa Vazirligi xabar qildi.

Vazirlik bu hujumga javobsiz qolmasligini va zarur choralar ko'rilishini ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda РИА Новости.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing