Jahon banki O‘zbekistonga 3,5 mln dollar ajratadi
O'zbekiston
O‘zbekiston Jahon banki guruhi ko‘magida Xorazm viloyatida yangi quyosh elektr stansiyasini ishga tushiradi. Jahon banki O‘zbekiston uchun bank kafolati ko‘rinishidagi 3,5 million dollarlik moliyalashtirishni ma’qulladi.
Ushbu kafolat “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ davlat kompaniyasining quvvati 100 MVt bo‘lgan yangi quyosh elektr stansiyasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.
Xorazm viloyatidagi ushbu obyektni qurish va ekspluatatsiya qilish bilan Fransiyaning Voltalia kompaniyasi shug‘ullanadi. Quyosh elektr stansiyasini 2025-yil noyabr oyida ishga tushirish rejalashtirilgan.
U 177 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, yiliga 240 gigavatt-soatdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaradi. Uning faoliyati yiliga 230 ming tonnadan ortiq karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish va 60 mingga yaqin uy xo‘jaliklarini toza energiya bilan ta’minlash imkonini berishi kutilmoqda.
Loyiha mamlakatning toza energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish borasidagi sa’y-harakatlariga salmoqli hissa qo‘shadi. “Jahon banki guruhi “O‘zbekiston-2030” strategiyasiga muvofiq O’zbekistonning energiya bo‘yicha ehtiyojlarini qondirishda va 2030-yilga borib qayta tiklanadigan energiya manbalarini 25 GVtga yetkazishda qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa ushbu o‘n yillikning oxiriga kelib mamlakatda iste’moldagi elektr energiyasi ulushining 40 foizini tashkil etadi,” deya ta’kidladi Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova.
Bu loyiha ishga tushsa, Xorazm viloyatida elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari 30 foizga oshib, 424 megavattga yetadi. Xususan, Tuproqqalʼa tumanining elektrga bo‘lgan yillik 135 million kilovatt soat talabi to‘liq qondiriladi.
Fransiyaning Voltalia kompaniyasi qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi inshootlarni qurishda boy tajribaga ega. Hozirda dunyoning 20 mamlakatida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda.

Powered by Froala Editor