O‘zbekiston va Qozog‘iston 2025-yildan boshlab BRICS davlatlar qatoriga qo'shiladi

O'zbekiston

O‘zbekiston va Qozog‘iston 2025-yil 1-yanvardan boshlab BRICSning sherik davlatlari statusini rasmiy ravishda oladi. Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuri Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, yangi BRICS sherik davlatlari ro‘yxatiga Belarus, Boliviya, Indoneziya, Kuba, Malayziya, Tailand va Ugandani ham kiritilgan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston 2025-yildan boshlab BRICS davlatlar qatoriga qo'shiladi
Umumiy hisobda 13 davlatga taklifnomalar yuborildi, Rossiya esa yana to‘rt davlatdan javob kutmoqda.

BRICS sherik davlatlari kategoriyasini yaratish haqidagi qaror 2024-yil oktabrda Qozon shahrida o‘tgan sammitda qabul qilindi. Ushakovning aytishicha, sammitdan oldin tashkilot 35 davlatdan o‘z faoliyatiga qo‘shilish uchun murojaatlarni olgan.

BRICS (BRICS) - Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, BAA, Eron, Misr va Efiopiya kabi to‘qqizta davlatdan iborat birlashmadir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing