Albaniyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

Dunyo

Albaniyaning sobiq prezidenti Ilir Meta Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash maxsus prokuraturasi (SPAK) tomonidan hibsga olindi. Bu haqida Albaniyaning Koha tahririyati xabar berdi.

Albaniyaning sobiq prezidenti hibsga olindi
Hibsga olish vaqtida  Ilir Meta bilan birga moshinada uning tashkiliy kotibi Artemis Peka  bo'lgan. Uning matbuot anjumanida bergan ma'lumotiga ko'ra, qurollangan niqobli odamlar bo’lgan uch mashina ularni qurshab olgan va bu politsiyachilar bo’lgani ma’lum bo’ldi.

Iyun oyida janob Meta guvohlik berish jarayonida , u hech qachon moliyaviy ishlar bilan shug'ullanmagani, bu ishda rafiqasi Monika Krimadi boshchilik qilgani haqida ta’kidlab o’tgan. Koxa bergan [abarga ko'ra, sobiq prezident avval bosh vazir Edi Rama boshchiligidagi hukmron Sotsialistik partiyaga qarshi ommaviy norozilik namoyishlarida faol ishtirok etgan.

2017-2022 yillarda Albaniyaning prezidenti bo’lgan va hozirda muxolifat  “Ozodlik” partiyasi rahbari 55 yoshli Metani  korrupsiya, pul yuvish va mulkni yashirish kabi jinoiy ishlarda ayblanmoqda. Dastlabki ayblovlar amaldorning 2010-2011 yillarda iqtisodiyot vaziri bo'’gan davriga to’g’ri keladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing