Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda davlat nazorati takomillashtiriladi
O'zbekiston
“Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1034-sonli Qonun qabul qilindi
Mazkur Qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlarga Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning ulgurji savdosi sohasida litsenziyalash va xabardor qilish tartib-taomillariga, shuningdek ularning ulgurji savdosiga doir talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi sifatidagi vakolatlarini aniqlashtiruvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunda iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishga, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosiga doir faoliyatga berilgan litsenziya uchun yillik davlat bojini to‘lash muddati belgilanmoqda.
Bunda navbatdagi yillik to‘lov litsenziyadan foydalanishning keyingi yili boshlanishidan kamida 30 kun oldin to‘lanadi, keyingi to‘lov belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turiladi.
Shuningdek “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonunga pivo va pivo ichimliklarining ulgurji savdosiga doir, shuningdek tamaki mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosiga doir faoliyat vakolatli davlat organiga bunday faoliyat boshlanishi to‘g‘risida xabarnoma yuborish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin ekanligini nazarda tutuvchi norma kiritilmoqda.

Powered by Froala Editor