Amerika olimlari miya hujayralaridan ilk protsessor ixtiro qilishdi

Texnologiya

AQShda elektron komponentlar va inson ildiz hujayralaridan o'stirilgan miya organoidini o’zida mujassam etgan gibrid protsessor ixtiro qilindi.

Amerika olimlari miya hujayralaridan ilk protsessor ixtiro qilishdi
Ushbu tizim nutqni tanib olish va chiziqli bo'lmagan tenglamalarni yechishga qodir bo'lib, 20 yillik tadqiqotlardan so'ng biokompyuterlarni ishlab chiqish sohasida ulkan yutuq hisoblanadi.

Inson miyasi qariyb 86 milliard neyron va kvadrillion sinapslardan iborat. Ilm-fanda shu singari tizimni yaratish katta qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, 2018-yilda xitoylik tadqiqotchilar inson miyasi faoliyatining atigi bir soniyasini modellashtirishga muvaffaq bo'lishdi.

Neyronlarning samaradorligi shundaki, ular bir vaqtning o'zida ham protsessor, ham xotira qurilmasi vazifasini bajaradi. Shu asnoda, yaqinda sun'iy intellekt tadqiqotlari sohasida sun'iy va tabiiy neyron tarmoqlarini birlashtirgan neyrogibrid tizimlar kabi yangi yo'nalish paydo bo'ldi.

O'tgan yili amerika olimlari organoid tizimlar deb tanilgan neyrogibrid tizimlar rivojlanishining yangi konsepsiyasini taqdim etdilar. Boshqa bir guruh olimlar nutqni taniy oladigan bioprotsessor yaratdilar va bu faqat kelajakdagi kompyuterning asosiy elementining prototipini ifodalaydi, xolos.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing