Anomal issiq minglab insonlar hayotiga zomin bo‘lib, Yevropa infratuzilmasiga zarba berdi
Dunyo
Yevropada kuzatilgan rekord darajadagi issiq o‘limlar sonining keskin oshishiga sabab bo‘ldi hamda energetika, transport va qishloq xo‘jaligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. EuroMOMO monitoring tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, 22–28-iyun kunlari orasida 10 650 ta ortiqcha o‘lim holati qayd etilgan bo‘lib, ularning aksariyati 65 yoshdan oshgan fuqarolarga to‘g‘ri kelgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yoz mavsumi uchun bunday yuqori o‘lim ko‘rsatkichi misli ko‘rilmagan holat hisoblanadi. EuroMOMO koordinatori, Daniya Davlat zardob instituti bosh shifokori Lasse Vestergorning fikricha, o‘limlarning keskin oshishiga asosiy sabab ekstremal issiq bo‘lgan.
Eng og‘ir vaziyat Fransiyada kuzatildi. Joriy yil iyuni mamlakat tarixidagi eng issiq ikkinchi iyun bo‘ldi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, jazirama boshlangan ilk kunlardayoq mingdan ortiq qo‘shimcha o‘lim qayd etilgan. Mamlakatning aksariyat hududlarida suvdan foydalanish cheklangan, Luara daryosining ayrim qismlari esa qurib bormoqda. Qurg‘oqchilik ayrim hududlarda hosildorlikni qariyb uchdan biriga kamaytirgan.
Issiq iqtisodiyotga ham ta’sir ko‘rsatdi. Fransiyada EDF kompaniyasi daryo suvi harorati oshgani sababli bir nechta atom reaktorlarini vaqtincha to‘xtatdi. Germaniyada Reyn daryosidagi suv sathi rekord darajada pasayib, yuk kemalarining odatdagi yuk hajmining uchdan birigacha yuklanishiga sabab bo‘ldi.
Mutaxassislar ekstremal iqlim hodisalari Yevropa sog‘liqni saqlash tizimi, iqtisodiyoti va infratuzilmasi uchun tobora jiddiy sinovga aylanayotganini ta’kidlamoqda.

Powered by Froala Editor