AQSh 2023-yil uchun grin karta berishni yakunladi

Dunyo

Qoʻshma Shtatlar joriy 2023-yilgi DV dasturi uchun belgilangan barcha immigratsion vizalarni taqdim etgan. Sentabr oyining qolgan kunlariga belgilangan DV dasturi bo‘yicha suhbatlar butun dunyo bo‘ylab, jumladan, O‘zbekistonda ham bekor qilingan.

AQSh 2023-yil uchun grin karta berishni yakunladi
Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat departamenti 2023-yilga mo‘ljallangan “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi” (Diversity Visa, grin karta) dasturi muddatidan avval tugatilishini e’lon qildi. Bu haqda AQSH elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qoʻshma Shtatlar joriy 2023-yilgi DV dasturi uchun belgilangan barcha immigratsion vizalarni taqdim etgan. Sentabr oyining qolgan kunlariga belgilangan DV dasturi bo‘yicha suhbatlar butun dunyo bo‘ylab, jumladan, O‘zbekistonda ham bekor qilingan.

“DV-2023 dasturi bo‘yicha viza uchun suhbatdan o‘tgan, ammo viza olmagan DV murojaatchilari viza olish huquqiga ega emas”, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing