AQSH elchixonasi viza olmoqchi bo‘lgan fuqarolarga murojaat qildi

Dunyo

Toshkentdagi AQSH elchixonasi 2024-yilning 13-fevralidan eʼtiboran, barcha noimmigratsion viza murojaatchilaridan, aynan suhbatga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida foydalanilgan DS-160 anketasini suhbat kuni ham taqdim etishlarini talab qilishni boshlaydi. Bu haqda elchixona murojaatida keltirilgan.

AQSH elchixonasi viza olmoqchi bo‘lgan fuqarolarga murojaat qildi
Qayd etilishicha, suhbatga farqli DS-160 anketasining tasdiqlangan sahifasi bilan tashrif buyurgan murojaatchilar viza suhbatiga qabul qilinmaydi va ulardan qayta suhbatga ro‘yxatdan o‘tishi so‘raladi.

“Siz suhbatga ro‘yxatdan o‘tish uchun foydalangan DS-160 anketasi to‘liq to‘ldirilmagan yoki sezilarli xatolarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, u holda yangi DS-160 anketa to‘ldirishingiz va anketaning yangi barkod raqamidan foydalangan holda, yangi suhbat kuni belgilashingiz kerak bo‘ladi. Agar anketangizga faqatgina kichik o‘zgartirishlar kiritishingiz zarur bo‘lsa, u holda yangi anketa to‘ldirmasdan va qayta suhbat kuni belgilamasdan, viza suhbatiga kelishingiz mumkin bo‘ladi. Xodimlarimiz anketangizdagi kichik xatolarni to‘g‘rilashda ko‘mak berishlari mumkin”, deyiladi murojaatda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing