AQSh Eronning Isroilga hujumida 80 dan ortiq dron va 6 ta raketani urib tushirdi

Dunyo

AQSh qo‘shinlari Eronning Isroilga hujumi chog‘ida Eronning 80 dan ortiq uchuvchisiz uchoqlari va kamida olti ballistik raketasini yo‘q qildi. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

AQSh Eronning Isroilga hujumida 80 dan ortiq dron va 6 ta raketani urib tushirdi
Isroil mudofaa kuchlari maʼlumotlariga koʻra, Isroilga 120 ta ballistik va 30 ta qanotli raketalar, shuningdek, 170 ta uchuvchisiz uchish apparati uchirilgan. Qayd etilganidek, Eron va Yaman hududidan uchirilgan dron va raketalar yo‘q qilingan.

14-aprelga o‘tar kechasi Isroil hududiga 300 dan ortiq dron va raketalar uchirildi. Eron buni Damashqdagi konsulligiga uyushtirilgan zarbaga javob deb atadi. Isroil nishonlarning 99% dan ortig'ini ushlab qolganini, infratuzilmaga ozgina zarar yetkazilganini aytdi.

Eron ko’zlagan maqsadiga erishganini ta’kidlamoqda. Eron armiyasi bosh shtabi rahbari Muhammad Bag‘iriy mamlakat qurolli kuchlari Isroilga qarshi muvaffaqiyatli operatsiya o‘tkazganini ma’lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, Eron armiyasi hujumlarni davom ettirish niyatida emas, lekin agar kerak bo'lsa, bunday harakatlarga tayyor.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing