AQSh Kiyevga yordamni ko‘rib chiqmoqda: Kurkskka hujum sababmi?
Siyosat
AQSh ma’muriyati Ukraina Qurolli Kuchlarining Rossiyaning Kursk viloyatiga bostirib kirishi ortidan Kiyevga yordam ko‘rsatishni qayta ko‘rib chiqmoqda.
The Washington Post gazetasining AQSh rasmiylariga tayanib yozishicha, Prezident Jo Bayden ma'muriyati Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga bostirib kirishi ortidan Kiyevga yordamni davom ettirish masalasini qayta ko‘rib chiqmoqda. Bu muhokamalar, birinchi navbatda, AQShning Rossiya bilan bo‘lgan keskinlikni oshirishdan xavotirda ekanligi bilan bog‘liq.
Bayden ma'muriyatida yordam hajmi va tarkibini o‘zgartirish masalalari ham ko‘tarilmoqda. Pentagon Kiyevdan yana qanday yordam kerakligini so‘ragan, ammo hozircha bu hujumlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qarorlar qabul qilinmagan. Ichki muhokamalarda asosan qurol-yarog‘ jo‘natmalarini tezlashtirish yoki ularning tarkibini o‘zgartirib, ko‘proq zirhli texnikani qo‘shish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Shu bilan birga, AQShning Ukrainaga 125 million dollarlik yangi harbiy yordam paketi berishi kutilmoqda. Paketda havo mudofaa tizimlari uchun raketalar, HIMARS tizimlari uchun snaryadlar, Javelin tankka qarshi majmualar va 155 mm hamda 105 mm kalibrli artilleriya snaryadlari, transport vositalari va dronlarga qarshi kurash tizimlari mavjud.

Powered by Froala Editor